Turkiyadan sekingina...O'zbek estrada olamiga
o'zgacha uslub, o'zgacha yo'nalish va o'zgacha ijro olib kirgan xonanda
Munisa Rizayevaning ayni damda ijodga sho'ng'igan pallasi. Hozirda u
tinim bilmay o'z ustida ishlamoqda. Muhlislari uchun esa qator tarona va
kliplarini taqdim etishni rejalashtirgan. Munisa o'zining "Daydi"
taronasi uchun Nozim Jumayev bilan birgalikda yangi klipni taqdim
etmoqda. Bundan tashqari xonanda yangi "Sekin-asta" deb nomlangan
taronasini ham yozib tugatdi. Ushbu tarona ham yuqorida ta'kidlab o'tgan
ijodkorlar tomonidan yaratilgan bo'lib, tarona uchun Munisa Rizayeva
hamda iste'dodli klipmeyker Narimon Sultonxo'jayev ijodiy jamoasi bilan
Turkiya shahriga yo'l olib, u yerda maxsus videoklip suratga olib
qaytishdi. Ma'lumotlarga qaraganda klipda Narimon Sultonxo'jayevni ham
ko'rishingiz mumkin bo'lar ekan. Qolganini esa klip taqdim etilgach,
birgalikda bilib olishimiz mumkin bo'ladi.
|